Всего песен:54938
Добавлено сегодня: 0

Zohirshoh Jo'rayev - Duo Qiling

Длительность
4:06
Битрейт
192 kbps
Размер
5.71 mb
Дата
18-04-2020, 19:25
Прослушано
483
Отзывов
0
Текст песни Zohirshoh Jo'rayev - Duo Qiling

Duo qiling bemorlarga,
Darddan bezor bedorlarga. (x2)
Ko`nglin oling, holin so`rang,
Ular zordir diydorlarga,
Muhtojdir e’tiborlarga.

Ular zordir diydorlarga,
Muhtojdir e’tiborlarga.

Jon borki – Xudo yaratgan,
Borliqni bizga qaratgan. (x2)
Unga ham mehr taratgan,
Ular zordir diydorlarga,
Muhtojdir e’tiborlarga.

Ular zordir diydorlarga,
Muhtojdir e’tiborlarga.

Keksalar ulug`, nuroniy,
Dillari pokdir samoviy.
Ularning bormi maloli?
Ular zordir diydorlarga,
Muhtojdir e’tiborlarga.

Kimningdir yo`q qo`l-oyog`i,
Kim ojiz, zulmat nigohi.
Ularning nedir gunohi?
Ular zordir diydorlarga,
Muhtojdir e’tiborlarga.

Qarang, bu jonzot beminnat,
Biz uchun qilmoqda xizmat. (x2)
Ular ham bir tilsiz ummat,
Ular zordir diydorlarga,
Muhtojdir e’tiborlarga.

Ular zordir diydorlarga,
Muhtojdir e’tiborlarga.

Barchasi kutar bir diydor,
Undan shirinroq ne bor? (x2)
Ularga kerak e’tibor,
Ular zordir diydorlarga,
Muhtojdir e’tiborlarga.

Ular zordir diydorlarga,
Muhtojdir e’tiborlarga.

Duo qiling, duo qiling,
Duo qiling, duo qiling
Bemorlarga,
Darddan bezor bedorlarga.

Смотреть полностью
Слушать онлайн
Слушать онлайн
8
Оставить отзыв:
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Сейчас играет